To’ng’iztaroq

To’ng’iztaroq (Dipsacus) — to’ng’iztaroqdoshlarga mansub ikki yillik yoki ko’p yillik tikanli o’tlar turkumi; texnika ekini. Yevropa (O’rta dengiz), Janubiy Sharqiy Osiyo va Afrikada 15— 20 turi o’sadi. O’zbekistonda ko’proq kesik To’ng’iztaroq (D.laciniata L.), tog’zonasining mayin va nam tuprokli yon bag’irlarida To’ng’iztaroqning ko’kbinafsha rang gulli turi (D.ozureus Schrenk.) uchraydi. Tarkibida 0,3% gentsianin va eritrosinga o’xshash alkaloid bor. Bo’yi 100— 250 santimetr. Poyasi tik o’sadi, tepa qismi shoxlangan. Ildiz bo’g’zidagi to’pbarglar bandli, cho’ziq tuxumsimon, 5-8 santimetr. O’rama barglari bigizeimon— nashtarsimon. Guli och binafsha yoki oqish. Iyul-avgust oylarida gullab, avgust— sentabrda meva tugadi. Butazorlarda, daryo bo’ylarida o’sadi. Sholipoya, bog’larda begona o’t tarzi da uchraydi. O’rta Osiyoda qisman ekma To’ng’iztaroq. To’ng’iztaroq. (D. fillonum) kichik maydonlarga ekiladi. Qubbasi to’qimachilik sanoatida gazlama tuk (pat) larini tarashda ishlatiladi.