To’pgul

To’pgul (inflorescentia) — o’simlikdagi bir yillik novdaning gul chiqaradigan qismi. To’pgul oddiy va murakkab bo’lishi mumkin. Oddiy To’pgul botrik (ratsemoz, yongulli) va tsimoz (tepagulli) To’pgulga bo’linadi. Botrik To’pgul monopodial shoxlanishi va gullarining markazga qarab (pastdan yuqoriga) ochilishi bilan; tsimoz To’pgul esa uchki gulining mavjudligi, simpodial shoxlanishi va gullarining markazdan qochib (yuqoridan asosiga qarab) ochilishi bn tavsiflanadi. Oddiy To’pgulda gullar asosiy gulpoya (birinchi tartibli gulpoya) da yoki ikkinchi tartibli gulpoyani tashkil qiluvchi gulbandlarda, murakkab To’pgulda esa gullar uchinchi va undan ham yuqori tartibli gulpoyalarda joylashadi. Oddiy botrik To’pgullar: oddiy shingil To’pgul; asosiy gulpoyaga gullar uzun gulbandlari bilan joylashgan (karam, rediska, achambiti); oddiy boshoq To’pgul; uzun gulpoyaga mayda bandsiz gullar bn o’rnashgan (zubturum); kallaksimon To’pgul kalta; yo’gon gulpoyaga gulbandsiz gullar bn zich joylashgan (to’ng’iztaroq, beda, sebarga); oddiy soyabon To’pgul; asosiy gulpoyadan uzun gulbandli gullar soyabon simlari kabi har tomonga tarqalgan bo’ladi (navro’zgul, piyoz, olcha va boshqalar); oddiy savatcha To’pgulda mayda gullar gulpoyaning yo’g’onlashgan uchiga joylashadi (moychechak, kungaboqar, bo’tako’z). Oddiy tsimoz To’pgulga oddiy mono, Di va pleyoxaziylar mansub bo’lib, To’pgulning uchki gulidan pastroqda bitta (ayiqtovonda), ikkita (yulduzchada) yoki bir nechta (sutlamada) yon gullar rivojlanib, ular kechroq navbat bn ochiladi. Murakkab To’pgul esa bir xil yoki bir necha xil oddiy To’pgullardan hosil bo’ladi. Masalan, ikki-uchta guldan hosil bo’lgan bug’doy boshoqchalarining bir nechtasi asosiy gulpoyaga birikib, bug’doyning murakkab boshog’ini, ko’pchilik soyabongullilarning bir necha oddiy soyabonlari murakkab soyabonni tashkil etadi. To’pgulning tuzilishi sistematikada muhim ahamiyatga ega bo’lib, birbiriga yaqin o’simliklarning evolyutsiya yo’nalishlari haqida fikr yuritishga imkon beradi.