TO’QTAYXON

TO’QTAYXON, To’xta (? taxminan 1312) — Oltin O’rda xoni. Botuxonning nabirasi mangu Temur va O’ljoy xotunning o’g’li. 1288 yil O’rdadagi hokimiyatni idora qilayotgan amakivachchalari tomonidan kuvilgan. To’qtayxon panoh izlab No’g’ay oldiga borgan, u To’qtayxonning raqiblarini makkorlik bn huzuriga chaqirtirib qatl etgan va xonlik taxtiga To’qtayxonni o’tqazgan (1291). Biroq oz fursatdan so’ng, To’qtayxon bilan No’g’ay orasida nizo chiqib, o’zaro kurash boshlangan. 1293 yil To’qtayxonning birodari do’dan No’g’ayga yonbosgan rus knyazlari mulklarini talon-toroj qilgan. 1300 yil To’qtayxon No’g’ayni uzilkesil mag’lubiyatga uchratib, Volgadan Dunaygacha bo’lgan yerlarni o’z hokimiyati ostiga birlashtirgan. Ammo To’qtayxonning faol tashqi siyosat yuritishga bo’lgan sa’y-harakati zoe ketgan. U elxonlardan G’ozonxonga tegishli bo’lgan Arron va Ozarbayjonni qo’lga kirita olmagan. T.ning hukmronlik davrida mulkdorlarga qarshi olib borilgan harakat, 1310 yilda o’tkazilgan pul islohoti ijobiy rol o’ynagan. To’qtayxon faoliyati, asosan, saltanat ichki siyosatini barqarorlashtirishga qaratilgan. To’qtayxon rus erlariga yangi harbiy yurishga tayyorgarlik chog’ida vafot etgan.