TO’QUMBOEV AALI

TO’QUMBOEV AALI (taxalluslari Balqa, Chalqar) (1904.7.11, Qirg’izistonning hozirgi Kemin tumani — 1988) — Qirg’iziston xalq shoiri (1945), qirg’iz yozma adabiyoti asoschilaridan. Qirg’iziston Fanlar Akademiyasi akademiyasi (1954). Qirg’iziston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi raisi (1934-49). “Mehnat guli” (1932), “dastlabki she’rlar” (1934) kitoblari va “tutqun Marat” dostoni (1932) zamonaviy mavzuda. “Dnestr chuqur dengizga quyiladi” (1939), “yaralangan yurak” (1940) qissalari muallifi. 2-jahon urushi va urushdan keyingi yillarda yozgan she’rlar to’plami (“tashakkur”, 1944; “zamon ovozi”, 1966), Doston (“Manas vatandoshlari”, 1941; “Do’mbira navosi”, 1960; “jonli tarix”, 1969) va pesalari (“qasam”, 1943; “taftish davom etadi”, 1962; “biz ham soldat bo’lganmiz”, 1965) qirg’iz xalqining vatanparvarligi haqida. “Tong oldidan” she’riy romani (“qonli yillar”, 1kitob, 1935; “barhayotlik urug’i”, 2 kitob, 1947, birlashtirilgan qayta nashri, 1962)da qirg’iz xalqining turmush tarzi aks etgan. Ayrim asarlari o’zbek tiliga tarjima qilingan. To’qtag’ul Sotilg’onov nomidagi Qirg’iziston Davlat mukofoti laureati (1967).