To’raqo’rg’on

To’raqo’rg’on — Namangan viloyati To’raqo’rg’on tumanidagi shahar (1979 yildan). Tuman markazi. Viloyat markazi (Namangan shahri) dan 12 kilometr. Yaqin temir yo’l stantsiyasi — To’raqo’rg’on (5 kilometr). Aholisi 22,6 ming kishi (2004). Shahar yonidan Kosonsoy oqib o’tadi. To’raqo’rg’onda “Ohangarііі”, “Koopagrofirma” aktsiyadorlik jamiyatlari, “shirinlik” O’zbekiston—Gollandiya, “Axsikent” qo’shma korxonalari faoliyat ko’rsatadi. 6 qurilish korxonasi, 55 savdo, 25 umumiy ovqatlanish, 62 maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari, qishloq xo’jaligi, qurilish va maishiy xizmat ko’rsatish, kasbhunar kollejlari va iqtidorli bolalar liseyi, 6 umumiy ta’lim maktabi, madaniyat saroyi, 2 muzey, 4 kutubxona, 7 tibbiyot muassasasi, shu jumladan, Markaziy kasalxona, kattalar va bolalar poliklinikalari, tez yordam markazi bo’limi faoliyat ko’rsatadi. Shahar yonidan Namangan — Toshkent avtomagistrali o’tgan. Namangan — To’raqo’rg’on yo’nalishida trolleybuslar qatnovi yo’lga qo’yilgan.