To’raqulov Nazir To’raqulovich

To’raqulov Nazir To’raqulovich (1892, okt., Qo’qon 1937.3.11) davlat va jamoat arbobi. Qo’qondagi rustuzem maktabi (1905), savdo bilim yurtini (1913) tugatgan. Moskva savdo intining iqtisod ftida o’qigan (1913— 16). ljahon urushi paytida G’arbiy front (Minsk yaqini) da butun Rossiya Zemstvo Ittifoqining yo’riqchisi (1916). “Erkin dala” yashirin tashkiloti rahbari (1916). Eserlar partiyasining a’zosi (1918). 1918-19 y.larda Qo’qondagi sovet idoralarida turli lavozimlarda ishladi. Keyinchalik Turkiston ASSR Maorif xalq komissari (1920), Turkiston ASSR MIK raisi (1920 y. sent. -1921 y. avg.), Turkiston KP MK mas’ul kotibi (1921-22). Turkiston MIK huzuridagi qirg’iz (qozoq) bo’limi raisi (1921 — 22). Turkiston “Qo’shchi” uyushmasining tashkilotchilaridan biri. T. bu lavozimlarda ishlash jarayonida sovet hokimiyati va bolo’peviklar partiyasiga sadoqatini namoyish qildi. Turkiston muxtoriyati hukumati va Fargona vodiysidagi istiqlolchilik harakatiga to’g’ri baho bera olmadi va ularni yo’qotish tarafdori bo’ldi. Moskvaga chaqirib olindi. 1922 y.dan ma’muriy xo’jalik va diplomatiya ishida. Moskva va Leningraddagi Sharq xalklari inti ilmiy xodimi va prorektori (1936-37). 1937 y. 15 iyunda qamoqqa olingan va otishga hukm qilingan (1937.3.11). 1958 y.da oklangan. Ad.: O’zbekistonning yangi tarixi, 2kitob [O’zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida], T., 2000; Raja b o v K,., Haydarov M., Turkiston tarixi (19171924 y.), T., 2002. Qahramon Rajabov.