To’rayev Nazar Yo’ldoshevich

To’rayev Nazar Yo’ldoshevich (1938. 19.5, Denov tumani) — fizik olim, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (2000), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1988), fizika-matematika fanlari doktori (1980), professor (1982). Samarqand universitetini tugatgan (1961). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi yadro fizikasi institutida (1961 -67), elektronika institutida (1968-77, 2000-2001), Toshkent texnika universitetida (1977 -83) ishlagan. Termiz universiteti rektori (1983-2000). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi ilmiy-o’quv markazi direktori (2001 yildan). Ilmiy ishlari atom zarralarning qattiq jismlar sirtida sochilishi nazariyasi, ionlarning birlamchi va ikkilamchi sochilishiga oid. U nazariy fizika masalalarini kompyuterda algoritmlab yechishni O’zbekistonda birinchi bo’lib amalga oshirgan. Uning rahbarligida lazer nuri bilan qishloq xo’jalik ekinlari urug’larini nurlantirish ilmiy laboratoriyalari tashkil etilgan. O’zbekiston Oliy Kengashi deputati (1990-95). “Mehnat shuxrati” ordeni bilan mukofotlangan (1998).