Torf

Torf (nemischa yertezak) – botqoqlikdagi o`simliklarning tabiiy qurishi va sernam sharoitda chala chirishi natijasida hosil bo`ladigan foydali qazilmalar. Torf, yertezak – botqoqliklarda chala parchalangan o`simlik qoldiqlaridan hosil bo`lgan tog` jinsi. Tabiiy holda namligi 88-94%. Torf asosan yoqilg`i sifatida, shuningdek qishloq xo`jaligida (o`g`it), tibbiyotda ishlatiladi. Torfdan termoizolyatsion materiallar, koks va boshqalar olinadi. Dunyodagi torf zahirasining 2/3 qismi shimoliy yarimsharning asosan tayga zonasida mavjud.