Tortishish
Tortishish (gravitasiya, gravitasion o’zaro ta’sir) — har qanday jismlar orasida vujudga keluvchi universal o’zaro ta’sir. Agar o’zaro ta’sir kuchsiz va jism yorug’likning vakuumdagi tezligiga karaganda juda kichkina tezlik bilan harakatlanayotgan bo’lsa, I. Nyutonning butun olam T. qonuni o’rinli bo’ladi. O’zaro ta’sir kuchli va jism harakatining tezligi yorug’likning vakuumdagi tezligiga yaqin bo’lgan hollarda esa, A. Eynshteyn yaratgan umumiy nisbiylik nazariyasi T.ni to’g’ri ifodalaydi. Nyuton o’zining “tabiat falsafasining matematik printsiplari” (1687) asarida T. qonuniga birinchi bo’lib to’liq ta’rif berdi. Nyuton ta’rifiga binoan, ikki moddiy zarra (li, va g’i2) ning o’zaro T. kuchi ularning massalariga to’g’ri proportsional, orasidagi masofaning kvadratiga teskari proportsional va ularni birlashtiruvchi to’g’ri chiziq bo’yicha yo’nalgan. Nyutonning ikkinchi qonuniga asosan, t massali jism T. kuchi ta’sirida er bilan bog’liq bo’lgan sanoq tizimiga nisbatan biror a tezlanish bilan harakatga keladi. Formuladagi kattaliklar o’zgarmas qiymatga ega ekanliklarini e’tiborga olsak, jism harakatiga qarshilik ko’rsatuvchi kuchlar mavjud bo’lmagan hollardagi er sirtiga yaqin balandliklarda har qanday jism bir xil tezlanish bilan tushadi, degan xulosaga kelinadi. Osmon mexanikasi Nyutonning T. qonuniga asoslangan. Kosmosda tabiiy yoki sun’iy jismlarning harakatlarini tekshirishda shu qonunga amal qilinadi. Ko’pgina hollarda Nyutonning T. qonuni tufayli yangi sayyoralar, yo’ldoshlar aniqlandi, astronomiya qator yangi yutuqlarga erishdi. Shu bilan birga, bu qonun tushuntirib berolmagan Merkuriy, Venera, Mars sayyoralari perigeliylarining harakati kabi ayrim hodisalar ham ma’lum edi. Shu kabi uchraydigan chigalliklarni bartaraf qilish maqsadida olimlar Nyuton T. qrnunining matematik ifodasiga turli qo’shimchalar kiritishga urindilar. Ammo bunday urinishlar natija bermadi. Kuchli gravitasion maydonlarga (har qanday fizik ob’ektlarning hosil qiladigan maydoni gravitasion yoki tortishish maydoni deyiladi. Gravitasion maydon Eynshteynning umumiy nisbiylik nazariyasida 4 o’lchovli tenzor potentsiali orqali bayon qilinadi) va bu maydonlarda yorug’lik tezligiga yaqin tezliklar bilan harakatlanuvchi jismlarga tatbiq qilishda Nyuton T. qonunining butunlay ojizligi aniqlandi. Bunday hollarda Eynshteyn yaratgan T. nazariyasidan foydalanish juda yaxshi natija beradi.