TOSH CHORSHANBA O’G’LI

TOSH CHORSHANBA O’G’LI (1909 Qashqadaryo viloyati Shaxrisabz tumani Kunchiqar qishlog’i — 1967) — dostonchi. Tog’asi va amakisi baxshi o’tgan. Ulardan dostonchilik sirlarini o’rgangan. Repertuarida 20 dan ortiq o’zbek xalq dostoni bo’lib, ulardan “Alpomish”, “Go’ro’g’lining tug’ilishi”, “Avazxon”, “Nurali”, “Kelinoy” kabi dostonlar, ko’pgina terma, ertak, maqol, topishmoqdar yozib olingan. T. Ch. o’. 1960 y.da jahon sharqshunoslarining Moskva Kongressida ishtirok etib, “Alpomish” dostonidan parchalar kuylab bergan.