Tosh davri

1, 2-1 million yil avval – O’rta Osiyo hududlarida ilk paleolit davri (qadimgi tosh davri). Selung’ur g’ori (Farg’ona vodiysi)dan topilgan tosh qurollar va ibtidoiy odam qoldiqlari.

700-600-mingyilliklar-40-mingyillik – Ko’lbuloq Makoni (Toshkent viloyati)-qadimgi tosh davri yodgorligi.

100-40-mingyilliklar – O’rta paleolit (Odam olovdan foydalanishni o’rgandi)-Muste davri. Neandertal odami to’dalari yashagan davr: Teshiktosh g’ori (Samarqand viloyati). Omonqo’ton g’ori (Toshkent viloyati). Qal’acha va So’x makonlari (Farg’ona vodiysi). Uchtut Makoni (Buxoro viloyati). Bo’zsuv makoni (Toshkent).

40-12-mingyilliklar – So’nggi paleolit: Hozirgi ko’rinishdagi odamning shakllanishi (kromanon). “Homo Sapiens” (“Aql-idrokli odam”) odami shakllangan. Obirahmat g’ori (qadimgi odam suyaklari), Samarqand makoni, Uchtut ustaxonasi (Navoiy viloyati). Ohangaron ustaxonasi, Oqtosh g’ori (Toshkent viloyati). Diniy tasavvurlarning vujudga kelishi.

35-30-mingyilliklar – Matriarxat (ona urug’i)ning vujudga kelishi.

35-12-mingyilliklar – Tasviriy san’atning vujudga kelishi.

12-7-mingyilliklar – Mezolit (O’rta tosh) davri: O’q-yoy quroli (kamon) kashf etilgan. Machay g’ori (Surxondaryo), Obishir g’ori (Farg’ona vodiysi). Zarautsoy (Zarautkamar) qoya surutlari.

Miloddan avvalgi 6-3-mingyilliklar – Mezolit madaniyati. Qadimgi dehqonlar va chorvadorlarning dastlabki o’troq makonlari. Dehqonchilik va chorvachilikning vujudga kelishi, sopol buyumlar tayyorlash, ishlab chiqarish xo’jaligiga o’tish. Kaltaminor madaniyati (Xorazm), Uzunko’l, Taypoqko’l makonlari (Farg’ona vodiysi), Jonbos qal’a (Qoraqalpog’iston), Tuzkon madaniyati. Kaptarning qumi (Buxoro viloyati).

Miloddan avvalgi 4-mingyillik oxiri – Qoraqumning shimolidagi Unguz makoni.

Miloddan avvalgi 4-3-mingyillikning o’rtalari – Eneolit (mis-tosh) davri: Namozgohtepa (Turk maniston), Sarazm (Tojikiston).