TOSHGUZAR – BOYSUN – QUMQURG’ON TEMIR YO’LI

TOSHGUZAR – BOYSUN – QUMQURG’ON TEMIR YO’LI — O’zbekistonning Janubiy hududida barpo etilayotgan yirik temir yo’l magistrali. Yo’lning umumiy uzunligi 220 kilometr; temir yo’l o’tgan hududlarda 6 ta temir yo’l stansiyasi (Toshguzar, Dehqonobod, Oqravot, Darband, Boysun, Qumqo’rg’on), 10 ta raz’yezd (Qayirma, Bo’zaxo’r, Jarquduq, Qoradaxna, Chashmai Hofizon, Oqnazar, Sho’rob, Pulhakim, Tangimush, Oqjar), 44 ta ko’prik, 508 ta sun’iy inshootlar barpo etish rejalashtirilgan. Temir yo’lning qurilishi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 17 avgustdagi “Toshguzar — Boysun— Qumqo’rgon” yangi temir yo’l liniyasini loyihalash va qurish masalalari to’g’risida” qarori asosida boshlangan. Mazkur yo’l mamlakatning yagona mustaqil temir yo’l tarmog’ini yaratishda va uning Janub viloyatlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda. tabiiy yer osti boyliklarini o’zlashtirishda muhim ahamiyatga ega. Temir yo’l liniyasi to’la ishga tushirilishi bilan yuk tashish masofasining qisqarishi natijasida millii iqtisodiyotda transport sektori ishi samaradorlpgi ortadi; qo’shni davlatlar temir yo’ldan foydalanish uchun sarflanadigan valyuta to’lovlari tejalati; Temir yo’l o’tadigan hududlarda tabiiy gaz (Zevarda. Atan. O’rtabuloq. Sho’rtan, Muborak, Lalmikor va boshqalar). Gaz kondensati va neft (ko’ktumshuq, shimol O’rtabuloq), toshko’mir (Boysun, Sharg’un). Polimetall (kandiza) konlarini o’zlashtirish. Tog’-kon sanoati va qishloq xo’jalik sohalarini rivojlantirish hisobiga mintaqalarning ishlab chiqarish quvvatlarmpi oshirishga erishiladi. Temir yo’lnnng bosh buyurtmachisi “O’zbekiston temiryo’llari” davlat-aktsiyadorlik kompaniyasi. Uning loyihasi kompaniyaning “Boshtransloyiha” va “Toshtemiryo’l-loyiha” insitutlari tomonidan ishlab chiqilgan. Temir yo’l liniyasi qurilishi loyihasining umumiy qiymati 447,3 milliard so’mni tashkil etadi (2004). Loyihani amalga oshirish uchun Yaponiya xalqaro hamkorlik bankinnng 151,5 million AQSh dollari miqdoridagi imtiyozli krediti taqdim qilingan. 2004 yil 30 avgusda magistralning 1-bosqichi — Tonpuzar — Dehqonobod uchastkasi (56,8 kilometr) qurib bitkazildi va ishchi poezdlari harakati tashkil etildi. 2005 yil 5 mayda magistralning 2-bosqichi — Qo’mqo’rgon — Boysun uchastkasn (59.1 kilometr) qurilishi yakunlandi va poyezdlarning ishchn harakati ochildi. 2005 yil oxiriga qadar “Dehqonobol” stansiyasining uzviy davomi bo’lgan 26.5 kilometrli temir yo’l qurilishn yakunlanli. Yo’l respublikadagi jula ko’p qurilish-montaj kompaniyalari va tashkilotlari ishtirokida qurilmoqda.