Toshkent-dushanba avtomobil yo’li

Toshkent-dushanba avtomobil yo’li (M34) — xalqaro ahamiyatli magistral yo’l, Toshkent sh.ni qo’shni Tojikistonning poytaxti Dushanba sh. bilan bog’laydi. Yo’lning o’tmish tarixi bundan 5000 yillar avvalgi karvon yo’llardan boshlanadi. 20-a. ning 30-40-y.larida yo’ldan foydalanish xizmati tashkil qilinib, avtomobil yo’liga aylantirilgan. Umumiy uz. 457 km. Shundan 170 km Uzbekistan, 287 km Tojikiston hududidan o’tadi. Yo’l Toshkent sh.dan boshlanib, Toshkent viloyatining Zangiota, Yangiyo’l, Chinoz tumanlari, Sirdaryo viloyatining Sirdaryo, Mirzaobod, Xovos tumanlari, Jizzax viloyatining Yangiobod tumani orqali o’tadi va Tojikistonning Sug’d viloyatida Zafarobod, O’ratepa, Shahriston tuman markazlari orqali Turkiston tog’tizmasidan Shahriston dovoni (3378 m.), Zarafshon tog’tizmasidan Anzob, dovoni (3372 m; dovonda “ushtur” tunneli qurilmoqda), Hisor tog’tizmalaridan o’tib Varzob sh. orqali dushanbaga kirib boradi. Yo’l O’zR hududida, asosan I—II toifali, asfaltbetonli, Zafarobod — Shahriston, Varzob — Dushanba oraliklarida qattiq asfaltbeton to’shamali, II—III toifali. Yo’lning 200 km dan ortiqroq bo’lgan tog’ va dovonlardan o’tadigan Shaxriston — Varzob oralig’idagi kismi qora shag’al to’shamali, IV—V toifali. O’zbekiston hududida yil davomidagi o’rtacha kunlik transport qatnovi jadalligi 7000-15000 avtomobil/kunni, Tojikiston hududida 1000 -7000 avtomobil/kunni tashkil qiladi (2004). Tohirjon Mirzaev.