Toshkent issiqlik elektr stantsiyasi

Toshkent issiqlik elektr stantsiyasi — O’zbekistondagi yirik issiklik elektr styalardan biri. “Uzbekenergiya” davlataktsiyadorlik kompaniyasi tarkibidagi sho”ba korxona. Toshkent viloyatining Qibray tumanida joylashgan. Stya qurilishi 1961 y. yanvarda uskunalarni ochiq holda joylashtirish bilan boshlangan. 1energobloki 1963 y.da, oxirgi — 12bloki 1971 y.da ishga tushirilgan. Unga bosimi 140 ATM , harorati 545° bo’lgan 500 tG’soat bug’ ishlab chiqarish quvvatiga ega agregatlar o’rnatilgan. Har bir afegatning quvvati 160 MVt, styaning umumiy quvvati esa 1860 MVt. 1975 y.da stya sanoat ekspluatasiyasiga qabul qilindi. Asosiy yoqilg’i — Buxoro gazi, rezerv yokilgi — mazut. Suv bilan ta’minlash sistemasi — kanal, sohil nasos styalari, bosimli quvurlar va ishlatilgan suv chikarib yuboriladigan yopiq kanallardan iborat. Suv Buzsuv kanalidan olinadi. Stya Toshkent sh. va uning atrof hududlari iste’molchilarini elektr energiyasi bilan ta’minlaydi; O’rta Osiyo “energiya” Birlashgan energetika tizimiga ulangan, elektr tizimga 110, 200, 500 kv kuchlanishda uzatiladi. 2003 y.da 9345,7 mln. kVtsoat elektr energiya va 273,9 Gkal issiklik energiyasi ishlab chikardi.