TOSHKENT MILLIY RAQS VA XOREOGRAFIYA OLIY MAKTABI

TOSHKENT MILLIY RAQS VA XOREOGRAFIYA OLIY MAKTABI – balet artistlari va raqqos(a)lar tayyorlovchi maxsus oliy o’quv yurti. 1947 y. Xoreografiya bilim yurti sifatida tashkil bo’lgan. 1997 y.dan hoz. nomda. Tashkilotchisi va birinchi direktori Matyusuf Xarratov (194758). I. Dovgelli, L. Zass, R. Karimova, M. Turg’unboeva va b. birinchi pedagoglardir. Oliy maktabda o’rta maxsus ta’lim tizimi saqlangan holda, oliy bo’g’inda oliy ma’lumotli bakalavrlar tayyorlanadi. “Xoreografiya pedagogikasi”, “Baletmeysterrejissyor”, “xoreografiya jamoalari rahbarlari” mutaxassisliklari bo’yicha talabalar tahsil oladi. Maktabda mumtoz raqs, o’zbek raqs, xalq sahna raqsi fanlari, “balet artisti” bo’limida duet mumtoz raqs chuqur o’rgatiladi. Osiyo qit’asidagi shu soha bo’yicha yagona oliy o’quv yurti xisoblanadi. O’tgan davr mobaynida maktabdan q. Mirkarimova, R. Karimova, G. Hamroeva, G. Mavaeva, Yu. Ismatova, D. Jabborova, V. Oqilova, F. Solihova, O’. Muxamedova, 3. Madrahimova kabi respublikamizning etuk raqs ustalari etishib chiqqan. Frantsiya, Yaponiya, Turkiya, Germaniya, Lotin Amerikasi mamlakatlari, Jan. Koreya, Rossiya, Qozog’iston kabi xorijiy davlatlar bilan o’zaro hamkorlik, madaniyijodiy aloqalar o’rnatilgan. Ularning yirik xoreograflari, balet maktablari bilan tajriba almashuv, “Master klass”lar o’tkazish yo’lga qo’yilgan. R. Karimova, Q. Mirkarimova, G. Mavaeva, I. Kiborkova, A. Mo’minov kabilar maktabning etakchi pedagoglaridir.