Toshkent moliya instituti
Toshkent moliya instituti – moliyakredit sohasida mutaxassislar tayyorlaydigan yirik oliy o’quv yurti. 1931 y.da Toshkent sh.da O’rta Osiyo Moliyaiqtisod inti tashkil etilgan, unga keyinrok, Toshkent Moliyaiqtisod inti, 1962 y.da Toshkent xalq xo’jaligi inti nomi berilgan. 1991 y. 13 mayda Toshkent xalq xo’jaligi inti (q. Toshkent iqtisodiyot universiteti)ning Moliyaiqtisod va Hisobiqtisod ftlari negizida tashkil etilgan. Intda 7 ta ft (Moliyaiqtisod; Kreditiqtisod; Hisobiqtisod; boshqaruv; sirtqi Moliyaiqtisod; sirtqi Kreditiqtisod; sirtqi umum iqtisod) va magistratura, 25 kafedra, akademik lisey, soliq liseyi, bank kolleji, biznes maktabi, malaka oshirish inti, iqtisodiy bilimlarni tarqatish markazi va b. bo’limlar faoliyat ko’rsatadi. 2003/04 o’quv yilida intda 6833 talaba ta’lim oldi; 354 prof.o’qituvchi, jumladan, 38 fan dri va prof., 154 fan nomzodi va dosent ishladi. Int moliya, bank ishi, soliq, sugurta, menejment, qimmatli qog’ozlar va fond birjasi, loyihalarni moliyalashtirish, buxgalteriya hisobi va audit, kasbiy pedagogik ta’lim yo’nalishlari bo’yicha bakalavrlar hamda 19 iqtisodiy mutaxassislik bo’yicha magistrlar tayyorlaydi. Int faoliyati M. M. Qoriev, Yu. E. Shenger, N. N. Shabanova, X. R. Sobirov, M. Sharifxo’jaev, A. O’lmasov, 3. Yo’ldoshev, Yo. Abdullaev, kabi olimlar nomlari bilan bog’liq. Institut mustaqillik yillarida 13500 dan ortiq mutaxassis kadrlar tayyorladi. Intda aspirantura va doktorantura bor. AQSh, Angliya, Frantsiya, Germaniya, Jan. Koreya, Yaponiya kabi rivojlangan chet el davlatlarining turdosh untlari bilan o’quvilmiy sohalarda hamkorlik qiladi. Murod Sharifxo’jaev.