Toshkent texnika universiteti

Toshkent texnika universiteti (ToshTU), Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti — xalq xo’jaligi, i.t., loyihakonstruktorlik tashkilotlari uchun texnik va texnologik yo’nalishlarda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydigan oliy o’quv yurti. 1918 y.da ochilgan Turkiston xalq unti texnika FTI zaminida O’rta Osiyo paxtachilik irrigasiyasi politexnika intiga 1929 y. asos solingan. 1933 y. uning negizida O’rta Osiyo. industrial inti tashkil kilingan. 1949 y. O’rta Osiyo politexnika intiga aylantirilgan, 1961 y.dan Toshkent politexnika inti nomi bilan atalgan. Int negizida 1989 y. Mashinasozlik inti ham tashkil topgan. 1991 y.da Politexnika inti va mashinasozlik inti negizida ToshTU, Toshkent arxitekturaqurilish instituto’va Toshkent kimyotexnologiya instituto’va samolyotsozlik FTI tashkil kilindi. Untda energetika, elektronikaavtomatika va hisoblash texnikasi, mexanikamashinasozlik, kongeologiya, iqtisodmuhandislik, neft va gaz, fundamental fanlar, gumanitar ta’lim hamda biznesboshqaruv ftlari bor. Biznesboshqaruv FTI Malayziyaning RENONG BERXAD kompaniyasi bilan hamkorlikda 1994 y.da tashkil etilgan. Untda 93 kafedra, shu jumladan, harbiy kafedra, tayyorlov bo’limi, 27 i.t. lab., aspirantura, drlik va nomzodlik dissertasiyalarini himoya qilish uchun 5 ta ixtisoslashtirilgan ilmiy kengash bor. Untda 1992 y.da iktidorli o’quvchilar uchun texnik yo’nalishdagi internatlisey va 1995 y.da maxsus gimnaziya tashkil qilindi. Untning bosh kutubxonasi tarkibida 7 tarmoq kutubxonasi bor (1 mln. 307 ming nusxa asar). Untda 33 yo’nalish bo’yicha bakalavrlar, 66 yo’nalish bo’yicha magistrlar tayyorlanadi. 2002/03 o’quv yili 11 mingga yaqin talaba o’qidi, 1000 dan ortiq o’qituvchi, shu jumladan, 70 fan dri va prof. ishladi. Untda texnik va texnologik yo’nalishlar bo’yicha i.t. ishlari olib boriladi, Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi va Evropa mamlakatlarining qator o’quv yurtlari bilan hamkorlikni kuchaytirish, Rossiya, AQSh, Yaponiya, Frantsiya, Germaniya, Koreya kabi mamlakatlarning ilmfan, texnika sohalaridagi yutuqlarini o’rganish, iqtidorli yoshlarni o’qishga yuborish, prof.o’qituvchilar malakasini Evropa andozasi asosida oshirishga doyr ishlar qilinmoqsa. Unt qoshida talabalar uyi, kishki va yozgi sport zallari, tibbiyot shoxobchalari, dam olish maskanlari bor. Unt faoliyati H. M. Abdumaev, K. S. Ahmedov, H. N. Boymuhamedov, U. Oripov, V. R. Rahimov, O. U. Salimoe, A. S. Ukloneniy, H. F. Fozilov, M. T. O’rozboev, V. Q. Krbulov, M. 3. Homidxonov va b. olimlar nomi bilan bog’liq. Untda ilmiy asarlar to’plami, darsliklar, o’quv qo’llanmalari nashr etiladi. Unt faoliyati davomida undan 15 ta oliy o’quv yurti, 3 ta texnik kollej ajralib chiqqan, ba’zi xorijiy mamlakatlarda texnika oliy o’quv yurtlari tashkil etilishida faol qatnashgan.