Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti

Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti – paxta sanoati, to’qimachilik, engil sanoat, matbaa va qog’oz i. ch. sohalari uchun bakalavr va magistrlar tayyorlaydigan oliy o’quv yurti. Toshkent to’qimachilik inti nomi bilan 1932 y.da tashkil etildi, 1968 y.dan hoz. nomi bilan ataladi. Int tarkibida 6 ft: paxta texnologiyasi va mexanika, mexanik texnologiya, engil sanoat texnologiyasi, muhandispedagogika, sirtqi, malaka oshirish ftlari, test sinovlariga tayyorlov bo’limi bor. Intda zamonaviy dastgoh va uskunalar, kompyuterlar bilan jihozlangan o’quv lab., “CENTEXUZ” sertifikasiya lab., test markazi, 30 ta kafedra, “Geydelberg” firmasi bilan hamkorlikdagi matbaa o’quv markazi faoliyat ko’rsatadi. Kutubxona (900 mingga yaqin asar) bor. Intga doktorlik va nomzodlik dissertasiyalari himoya qilish huquqi berilgan. Intda 9 yo’nalish bo’yicha bakalavrlar, 18 mutaxassislik bo’yicha magistrlar tayyorlanadi. Int tashkil topgandan beri 40 mingdan ortiq mutaxassis etishib chiqtsi. 2003/04 o’quv yili 3,5 mingdan ortiq talaba ta’lim oldi, 350 ga yaqin prof., o’qituvchi, shu jumladan, 35 fan doktori va prof. ishladi. Int yo’llanmasi bilan 250 yosh olim chet ellarda malaka oshirdi (2004). Int xalqaro to’qimachilik akademiyasi (1995), xalqaro oliy o’quv yurtlari uyushmasi (1996), xalqaro ipak uyushmasi (1997) a’zosi. Int olimlari O’zbekiston iqtisodiyotining muhim sohalariga molik paxta, ipak, to’qimachilikning texnikatexnologiyalari, chiqindisiz texnologiya kabi mavzularda i. t. ishlari olib boradi. ITT qoshida 5 ta talabalar uyi, zamonaviy sport zallari, sanatoriyprofilaktoriy, sog’lomlashtirish maskani, iqtidorli yoshlar akademiyasi, talabalar konstruktorlik byurosi, modalar teatri faoliyat ko’rsatadi. Int faoliyati 3. A. Abdullaev, H. A. Alimova, M. F. Ahmedov, A. K. Inoyatov, F. S. Kungursova, S. N. Nusratov, A. Rahmatullaev, T. R. Rashidov, N. I. Truevtsev, X H Usmonxo’jaev, M. T. O’rozboev, M. A. Hojinova va b. olimlar nomi bilan bog’liq.