“TOSHKENT VINO KOMBINATI” AKTSIYADORLIK JAMIYATI
“TOSHKENT VINO KOMBINATI” AKTSIYADORLIK JAMIYATI – vino sanoatining yirik korxonasi. Uzum vinosi, araq mahsulotlari, xom spirt va tozalangan spirt, uzum va olma sharbati, qayta ishlash uchun vino mahsulotlari ishlab chiqaradi “O’zmevasabzavot uzum sanoat” xolding kompaniyasi tarkibida. 1867 y. Toshkentda rus savdogar va sanoatchisi I. I. Pervushkin asos solgan. 1914 yilga kelib 60 ming dal vino ishlab chiqargan. Oktyabr to’ntarishidan keyin nasionalizasiya qilinib, “Turkvino” tresti tarkibiga kirdi. 1927 y.da “O’zbekvino”ga 7zavod bo’lib qo’shiddi. Parkent va Qibrayda vino xom ashyosi tayyorlanadigan punktlar ochildi. 30-y. larda zd ko’p tarmoqli xo’jalikka aylandi. 1962 y.da zd vino kombinatiga aylantirildi. 70-y.larda quvvati 3 mln. dal vino qo’yishga mo’ljallangan tsex, quvvati 3 mln. dal araq mahsulotlari tayyorlovchi tsex, kuvvati 450 ming dal bo’lgan spirt tsexi ishga tushirildi. 1994 y.dan ochiq turdagi aktsiyadorlik jamiyati. Mahsulotlari chet ellarga eksport qilinadi. Korxonada tayyorlangan “Hosilot”, “Aloatiko”, “Buvaki”, “Xeres”, “Farhod”, “oftobi” kabi ichimliklar, “Toshkent” arag’i xalqaro ko’rgazmalarda oltin, kumush va bronza medallari bilan takdirlangan. 2003 y.da (ming dal) araq g 825, vino — 1298, spirt — 725 ishlab chiqardi.