Toshloq
Toshloq — Farg’ona viloyati Toshloq tumanisagi shaharcha (1974 y.dan), tuman markazi. 1974 y. 10 dek.da Toshloq qishlog’i o’rnida tashkil etilgan. Aholisi 14,2 ming kishi (2001). Yaqin t.y. stantsiyasi — Oxunboboev (5 km). Farg’ona sh.dan 16 km. T.da tuman hokimiyati binosi, ma’muriy, davlat tashkilotlari, paxta tozalash zdi, Marg’ilon “Atlas” firmasi filiali, non kti, tikuvchilik fkasi, qurilish tashkilotlari, avtokorxona, savdo, madaniy va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari, 3 umumiy ta’lim maktabi, musiqa maktabi, Markaziy kutubxona, madaniyat va istirohat bog’i, Markaziy kasalxona, poliklinika, dorixona va b. tibbiy muassasalar faoliyat ko’rsatadi. T. — Farg’ona yo’nalishi bo’yicha avtobuslar qatnaydi.