Toshpo’latov Yunus Toshpo’latovich

Toshpo’latov Yunus Toshpo’latovich (1932.15.8, Toshkent) — kimyogar olim. O’zbekiston FA akad. (2000). O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1981), kimyo fanlari dri (1971), prof. (1980). O’rta Osiyo untini tugatgan (1953). O’zbekiston FA usimliklar kimyosi intida ilmiy xodim (1956-59), O’zbekiston FA Polimerlar kimyosi va fizikasi intida optikaanalitika lab. mudiri (1959— 65), etakchi ilmiy xodim (1993-97), kimyo sanoati vazirligi qoshidagi paxta tsellyulozasi va texnologiyasi i.t. instituti direktori o’rinbosari (196574), direktori (198392). Toshkent to’qimachilik va engil sanoat inti umumiy va anorganik kimyo kafedrasi mudiri (1974-83), Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika unti kimyo va uni o’qitish metodikasi kafedrasi mudiri (1998 y.dan). Ilmiy ishlari paxta tsellyulozasi va uning modifikasiyalangan xillarini rentgenografik va Ikspektrlar yordamida tekshirish, ular tuzilishini tadqiq qilish, mahalliy xom ashyolardan pishiq materiallar olishga oid. T. paxta lintidan tsellyulozani ajratib olish texnologiyasini ishlab chiqdi va amaliyotga tatbiq etdi. Uning rahbarligida atsetilsellyuloza tasmalarini moylovchilar va ip yigirishda ishlatiladigan eritmalar uchun zarur qurilmalar tayyorlandi hamda kimyoviy tolalar ishlab chiqarish. korxonalarida qo’llandi. As: glinit — portlandtsement, T., 1958; Izometricheskiy metod issledovaniya polimerno’x materialov (v soavtorstve), T., 1989; Prosesso’i apparato’kompleksnoy pererabotki vtorichnogo so’rya selxoz produktov (v soavtorstve), T., 1990. Ad.: Yu. T. Toshpo’latov (biobibliografiya), T., 2002.