TOSHQUDUQ QUMLIGI

TOSHQUDUQ QUMLIGI — Qizilqumning shim.g’arbiy qismidagi qumlik. G’arb va shim.g’arbdan Amudaryo deltasi bilan chegaradosh, Jan. g’arbda Tabaqum kumligi, Sharq va Jan.da Kizilqumning b. qumliklari bilan tutashgan. T.q. g’arbdan sharqqa 38-40 km, shim.dan Jan.ga 15— 17 km ga cho’zilgan. Balandligi g’arbiy qismida 70-75 m, sharqida 138 m gacha. Shim. va shim.G’arb tomon pasayadi. T. q.da eol relef shakllaridan qum marzalari, do’ng qumlar, barxanlar, ko’zanak qumlar tarqalgan, kum marzalari va do’ng qumlar o’simliklar bilan mustahkamlangan. Barxanlar ko’pincha quduqpar atrofida uchraydi. Shim. qismida taqirlar, Jan.Sharqiy qismida sho’rxoklar (ulkan Qorasho’r) tarqalgan. Iklimi keskin kontinental, qishi sovuq, yozi issiq (tra 44° gacha ko’tariladi). Yog’ingarchilik kam (70-100 mm). Surqo’ng’ir qumli taqir tuproqlar hosil bo’lgan. Qumlikda cho’lga xos kserofit, psammofit va efemer o’simliklar (oq saksovul, juzg’un, quyonsuyak, qum akasiyasi, Qandim, selin, shuvoq va b.) o’sadi. Quduqlar (Toshquduq, Oltinqum, Qo’ng’irtepa, Qoshquduq, Saksovulquduq va b.) bor. Hududi yaylov sifatida foydalaniladi. Murod Mamatqulov.