“TO’TINOMA”
“TO’TINOMA” — Sharq xalqlari orasida keng tarqalgan axloqiy-estetik mavzudagi asar. Hindistonda Sanskrit tilida xalq og’zaki ijodi asosida yaratilgan. Unda to’tiqushning Shahzoda Maymun va uning xotini xujasta haqidagi ibratli hikoyalari majoziy shaklda badiiy aks ettiriladi. Asar avvalo hindlar orasitg’da “Shukasaptati” (“to’tining yetmish hikoyasi”) nomi bn mashhur bo’lgan. Ziyo Naxshabiy “To’tinoma” nomi bn forstojik tiliga tarjima qilgan (1330). Asarda, asosan maymun, xujasta va to’tilarning o’zaro munosabatlari misolida odoblilik, yaxshilik, vafodorlik kabi insoniy fazilatlar ardoqlangan, yomonlik, takabburlik, bevafolik, makkorlik qoralangan. “To’tinoma” 52 hikoyadan iborat. Uning bir qancha variantlari yaratilgan: Hindistonda Muhammad’ Qodiriy (17 —18-a.lar) asarning forscha, Latifiy (19-asr 1-yarmi) O’zbekcha nusxasini yaratdilar (O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi). Shu davrda Mulla Qurbon Xiromiy Ziyo Naxshabiy asarini o’zbek tilida she’riy yo’lda yozib chiqqan. “To’tinoma” fors, ingliz, nemis, frantsuz, rus va boshqa tillarga ham tarjima qilingan. O’zbek tilida bir necha bor nashr etilgan. Nashri: To’tinoma (Hind ertaklaridan), 2-nashri, T., 1962.