TOVARNING RAQOBATBARDOSHLIGI
TOVARNING RAQOBATBARDOSHLIGI – l) aniq ehtiyojni qondirishda bozordagi raqobatchilar tovarlari oldida ustunlikni ta’minlovchi tovarning sifat va narx tavsifnomalari majmuyi; 2) tovarning raqobatchi tovarlar bozorida birinchi bo’lib xarid qilish qobiliyati; 3) tovarni iste’mol qilish (foydalanish) samarasining uni sotib olish va ekspluatatsiya qilishga sarflanuvchi xarajatlarga (iste’mol narxi) nisbati; 4) korxonaning milliy va jahon tovar bozorlariga chiqishi maqsadga muvofiqligining muhim ko’rsatkichi.