Tovoqsoy

Tovoqsoy – GES Chirchiq Bo’zsuv GESlari kaskadidagi stya. “O’zbekenergiya” davlataktsiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiradi. Toshkent viloyati Bo’stonliq tumanidagi ChirchiqBo’zsuv sug’orish energetika traktining bosh qismida, Tovoqsoy qishlog’i yaqinida joylashgan. GES qurilishi 1934 y.da boshlangan va uning 2 gidroagregatdan iborat birinchi navbati 1941 y. 1 iyulda ishga tushirilgan. 3agregat 1952 y.da, 4si 1957 y.da foydalanishga topshirilgan. Gidroagregatlarning umumiy quvvati 72 MVt. Chirchiq sh. va Bo’stonliq tumanidagi sanoat korxonalari va aholini elektr energiya bilan ta’minlaydi. Quvvatlar 110, 55 kvda uzatiladi. St-yada ishlab chiqarish. jarayonlari avtomatlashtirilgan. 2003 y.da 452,3 mln. kVt. soat elektr energiyasi ishlab chikarildi.