Toxar tillari
Toxar tillari — hindevropa tillari oilasiga mansub qarindosh o’lik tillar guruhi; “tohar A” va “toxar B” deb ataluvchi tillarni o’z ichiga oladi (ba’zi adabiyotlarda ular “Sharkiy toxar” va “g’arbiy toxar” tillari yoki yozma manbalar topilgan joyga nisbatan “qarashar tili” va “kucha tili” deb ham ataladi). “T.t.”shartli atama bo’lib, u 1907 y. nemis olimi F. Myuller tomonidan fanga kiritilgan. Uning shartliligi shundaki, T. t. da so’zlashuvchilar o’z davrida qanday atalganligi noma’lum hamda ularning mil. AV. toxarlar (Toxariston xalqi)ga aloqasi yo’q. Shu bilan birga, T.t. ning qad. turkiy til va Sharqiy eroniy tillar bilan yaqin aloqada bo’lganligini ko’rsatuvchi dalillar ham bor. T. t.da (har ikkalasida) yozilgan matnlar 5-8-a.larga mansub bo’lib, ular 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida Sharqiy Turkiston (XXR ning Sintszyan viloyati)ning kucha sh., Turfon va Karashar voxdlaridan topilgan. Matnlar yaratilgan davrda toxar A tili turkiyzabon xalklar hamda toxar B tilida so’zlashuvchi xalq o’rtasida keng iste’molda bo’lmagan, faqat buddaviylik ibo-datlari o’tkaziladigan yozma adabiy til xisoblangan. Toxar A tilining Turfon va qarashar vohalaridan topilgan matnlariga toxar B tilida, shuningdek, qad. turkiyuyg’ur tilida yozilgan tushuntirish belgilari shundan dalolat beradi. Toxar B tilidagi matnlar ham Sintszyanning turli hududlaridan — kucha shaxridan, toxar A matnlari uchragan Sharqiy viloyatlardan topilgan. Toxar B tilidagi ayrim qo’lyozmalar o’rtasida dialektal tafovutlarning mavjudligi ushbu tilning qo’lyozmalar yaratilgan davrgacha ham keng iste’molda bo’lganligini ko’rsatadi. T. t. fonetik tizimi bir kancha undosh fonemalarning kattiklikyumshoklik ziddiyatida bo’lishi, urg’usiz unlilarning reduktsiyaga uchrashi bilan tavsiflanadi. Morfologiyasida otlarning 3 grammatik jins kategoriyasiga, 3 xil son — birlik, ikkilik, ko’plik sonlarga egaligi, 9 kelishik bilan o’zgarishi, fe’llarning 3 shaxs, 3 xil son, 3 zamon va 4 mayl shakllariga ega bo’lishi kuzatiladi. A va B T.t. tilning har bir sathida o’zaro o’xshashliklar bilan bir qatorda muayyan tafovutlarga ham ega bo’lgan. T. t. ning yozma yodgorliklari qad. hind yozuvi brahmining Markaziy Osiyoda tarqalgan alohida (qiya) shaklida bitilgan. Dastlabki yodgorlik 1892 y. Rossiyada S. F. Oldenburg tomonidan nashr etilgan. Keyinchalik (19-a. boshidan 50- y. larigacha) nemis olimlari E. Zig va V. Zigling toxar matnlarini atroflicha o’rganib, bu tillarning hindevropa tillariga mansubligini ko’rsatib berdilar, yozma yodgorliklar to’plamlarini nashr etdilar. Anvar Ismoilov, Abduvahob Madvaliev.