Toy

Toy — otning 1 yoshdan 2 yoshgacha bo’lgan bolasi. Toylik davri qulunpik va g’o’nonlik davrlari o’rtasiga to’g’ri keladi. T.lar sutdan ajratilganidan keyin onasidan hamda erkagi urg’ochisidan ajratilgan holda boqiladi. T.larda jinsiy uyg’onish 1,5 yoshdan boshlanadi, 2,5 yoshida saralanadi va yilqi uyurlarini yangilash va to’ldirishga jalb etiladi.