To’yingan bug’
To’yingan bug’ – suyuqlik (yoki qattiq jism) bilan bir xil kimyoviy tarkibga ega va u bilan termodinamik muvozanatda bo’lgan bug’. Suyuklik bilan uning T.b.i o’rtasida dinamik muvozant mavjud: vaqt birligi ichida suyuklikdan chiqayotgan bug’molekulalari soni shu vaqt ichida suyuklikka qaytib tushayotgan bug’molekulalari soniga teng. Suyuqlikning bug’bilan termodinamik muvozanatda bo’lish trasi va bosimida har bir bosimga T.b. trasining aniq qiymati to’g’ri keladi. T.b. bosimining traga bog’liqligini ifodalovchi egri chiziq qaynash (yoki kondensatlanish) trasining bosimga bog’liqligini ham ifodalaydi. Suyuqlik bilan T.b.ning zichliklari g’am bir-biriga bog’liq. Traning ortishi bilan T.b. bosimi va zichligi ortadi, suyuqlikning zichligi esa kamayadi.