Trabzon, Trapezund
Trabzon, Trapezund — Turkiyaning shim.Sharqiy qismidagi shahar. Qora dengiz bo’yidagi port. Trabzon elining ma’muriy markazi. Aholisi 215 ming kishi (2000). Transport yo’llari tuguni. Oziq-ovqat, kemasozlik, qurilish materallari, tamaki sanoati korxonalari bor. Hunarmandchilikda zig’ir va jundan turli buyumlar tayyorlanadi. Unt, aeroport mavjud. T. mil. AV. 8-a. o’rtalarida barpo qilingan. Muhim port va savdo markazi bo’lgan. Mil. AV. 2-a.da rimliklar bosib olgan. 1204-1461 y.larda Trapezund saltanatining poytaxti. 1461 y.dan turklar qo’l ostiga o’tgan. Me’moriy yodgorliklardan jome masjidlari, cherkovlar, qal’a (13-a.) va b. saqlangan.