TRAFALGAR JANGI

TRAFALGAR JANGI – Frantsiya bilan 3antifrantsuz koalitsiyasi o’rtasida Kadis shahri (Ispaniya) yaqinida, Trafalgar bo’g’ozida sodir bo’lgan jang (1805.21.10). Admiral G. Nelson qo’mondonligidagi ingliz floti admiral P. Vilnyov qo’mondonligi ostidagi frantsuzispan flotini tormor keltirgan. Bu g’alaba ingliz flotining dengizdagi hukmronligini ta’minlagan.