Trafaret

Trafaret — naqsh, harf, son, topografik belgilar, mashina va kurilmalarning shartli grafik belgilari va boshqa andazasi; rangdor tasvir yoki naqshni shakllantirishda uning u yoki bu qismini ko’p marotaba takrorlanishiga mo’ljallangan moslama; axta. Trafaret o’ziga xos teshiklari bo’lgan metall, yog’och karton, plastmassa va boshqa plastina bo’lib, shu teshikchalar orqali naqsh yoki tasvir bezatiladigan sirt (yuza)ga bo’yoqlar va boshqalar surtib tushiriladi. Badiiy kashtado’zlik, to’qimachilik va qog’oz ishlab chiqarish.da, ba’zan kulollik buyumlarini trafaret bosma usulida bezashda keng qo’llanadi. Chizmachilik — grafika, bo’yoqchilik va boshqa ishlarda takroriy rasmlar yoki murakkab shakllar hosil qilishda ham ishlatiladi.