Trakay

Trakay (Trakai) (1917 y.gacha rasmiy nomi Troki) — Litvadagi qad. shahar. Trakay tumani markazi. Trakay ko’llari o’rtasida joylashgan. Vilnyusdan 28 km g’arbda (avtobuslar qatnaydi). Yaqin t.y. stantsiyasi — Lentvaris (9 km). Aholisi 6,2 ming kishi (1995). Landshafti muhofaza qilinadi. Tarixiy muzey bor. T. ga 1341 yilda asos solingan. 14-15-a. larda buyuk Litva knyazligining muhim siyosiy markazi va Litva knyazlari qarorgohi. Mudofaa majmuasi (shu jumladan, galva ko’lidagi orolda joylashgan qasr, 14— 15-a. boshi), Vituato cherkovi (15-18-a.lar), atrofida yog’ochdan ishlangan karaimlar ibodatxonasi (19-a. ning 1yarmi) kabi me’moriy yodgorliklar saqlangan. T. da har yili xalqaro suv sporti musobaqalari bo’lib o’tadi. Turizm rivojlangan.