Tramplin

Tramplin (ital. trampolo — yog’och oyoq) — sakrashning ayrim turlari (mas., chang’ida sakrash, suvga sakrash, gimnastikadagi sakrash)da sportchining sakrash masofasi va balandlikka ko’tarilishini oshirish uchun ishlatiladigan inshoot (qurilma); sakratgich. Chang’ida sakrash T. i start maydonchasi, balandlikdan pastga qarab chang’ida uchib tezlikni kuchaytirishga, uchish fazasini uzaytirishga xizmat qiladigan Nishab qorli yo’l xamda qo’nish tepaligi, to’xtash maydonchasidan iborat bo’ladi. T.da qordan tashqari, sun’iy sintetik qoplama ham ishlatiladi. Suvga sakrash T. i — 1 m dan 10 m gacha balandlikdan sakrash uchun ishlatiladigan uz. 4,8—5 m, kengligi 0,5 m, qalinligi 45-60 mm ga teng sakrash taxtasi. Taxta uchida sportchining silkinishi ta’sirida uning uchish fazasini oshiruvchi asbob (snaryad) bo’ladi. Gimnastika T.i — egiluvchan (prujinalashadigan) taxta yordamida mashklarni bajarayotganda sakrash kuchiuchish fazasini oshirish asbobi. Suv chang’isida sakrash T. i — uzunligi 6,5 m ga yaqin (suv ustida) va kengligi 4 m ga yaqin silliq qiyalama taxta, yukrri chekkasining suv yuzasidan bal. 1,51,8 m.