TRANSMILLIY KORPORATSIYA

TRANSMILLIY KORPORATSIYA (TMK) — xorijiy aktivlarga ega bo’lgan, operatsiyalarining kamida 1/4 qismini mamlakat tashqarisida, o’zi ro’yxatga olingan chet mamlakatda amalga oshiradigan yirik korporatsiya. Tashkiliy jihatdan bosh kompaniya asosiy kapitalining sho’ba korxonalar kapitalida qatnashuvi tamoyiliga asoslanadi.