Trapp

Trapp (shvedcha trappa — zina) — trappli oblastlar deb ataladigan, pog’onali ko’rinishga ega katta maydonlarni egallaydigan (diabaz, gabbrodiabaz, gabbro, dolerit) asosli magmatik tog jinslari guruxining nomi. T. qatlamlari tarkibida: monoklinli piroksen, olivin, asosiy plagioklaz, magnetit, apatit, ozroq rombli piroksen va biotit; ko’pgina ikkilamchi minerallar: iddingeit, palagonit, xlorit, tseolit, prenit va b. uchraydi. T. uchun ofitli, ba’zan mikrolitli struktura xos. T. Er po’stining platformali oblastlarida: Sharkiy Sibir (2 mln. km2 chamasi), Hindiston, Jan. Afrika va Jan. Amerikada juda katta maydonlarni egallagan. Uning kalinliga 2 km ga etadi. T. foydali kazilmalarning juda ko’p turi ni o’z ichiga oladi. T.ning cho’kindi jinslar ichiga kirib borishi neft va gaz uyumlarini buzib yuboradi. T. ta’sirida tog’jinslarining kollektorlik xususiyatlari yaxshilanishi ham kuzatiladi. Ular neft va gaz qopqog’i bo’lishi xam mumkin. T. hosil bo’ladigan magmaning differentsiasiyalashgan jarayoni bilan sul’fidli misnikel’konlari (mas., Norilsk rudali rni), platina va temir rudasi konlari (Jan. Afrika) va b. bog’liq.