Trassa
Trassa (nem. trasse — liniya, yo’l yo’nalishi) — 1) uzok, masofaga cho’zilgan qatnov yo’li yoki yo’l, kanal, elektr uzatish yoki aloka liniyasi, kuvur va b. juda uzun inshootning bo’ylama o’qini bildiruvchi chiziq. T.ni loyihalash — trassalash deb ataladi. Trassalashda yo’ldagi to’sikg’іar, joyning o’ziga xos geologik va gidrologik xususiyatlari va b. omillar hisobga olinadi. T.ni iloji boricha to’g’ri o’tkazishga harakat qilinadi; 2) transport samolyotlarining muayyan punktlar orasida muntazam uchishi uchun mo’ljallab tasdiklangan marshrut. Samolyotlarning T.da xavfxatarsiz uchishini ta’minlash uchun erda zarur jihozlar va aeroportlar bo’lishi lozim; 3) o’q va snaryadning havoda uchish yo’nalishi. O’q va snaryadning T. bo’ylab uchishi ko’rinib turishi uchun pirotexnika tarkibi deb ataladigan maxsus moddalar (mas., magniy, metall nitrata, sun’iy smola va b. aralashmasi) dan foydalaniladi.