Trenajyor

Trenajyor (ing. train —o’rgatish, mashq qildirish) — mashina yoki mexanizmlarni boshqarish texnikasi mahoratini o’rganish va takomillashtirish uchun o’quvmashq qurilmasi. T. turli kasb ishchilariga kasbga oid bilim berishda, uchuvchi va kosmonavtlarni tayyorlashda, qurolli kuchlarning shaxsiy tarkibining jangovar tayyorgarlik ko’rishida va b.da foydalaniladi. T.ning sodda va murakkab xillari bor. Sodda T. da ish mahorati va faoliyatining ayrim elementlari o’zlashtiriladi. Murakkab T. da kompleks harakatlar o’rganiladi. Kosmonavtlar uchun erdagi va kema bortidagi T.dan foydalaniladi. Mas., kosmik kemalarni tutashtirish, kosmik kemalarni erga qo’ndirishda ularni boshqarish, turli bort tizimlarining ishlashini nazorat qilish bo’yicha operasiyalarni o’zlashtirish uchun erdagi T.da; kosmonavtlarning bir kosmik kemadan boshqasiga o’tishni mashq qilishlarida samolyot fyuzelyajiga o’rnatilgan bort T.da; kosmik uchishda kosmonavtlarning mo’ljal olishi, navigasiya hisoblashlari, kemani boshqarish mahrratlarini o’rganishni o’zlashtirish uchun kosmik kema bortidagi kichik gabaritli bort T.dan o’rganiladi.