Triest

Triest — Italiyaning shim. kismidagi shahar. Friulivenesiyajuliya viloyati va Triest provintsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 209,5 ming kishi (2001). Triest ko’ltig’i sohilidagi port. Albaniyaning Durres sh.ga parom katnaydi. Kemasozlik, kema dvigatellari ishlab chiqarish., neftni qayta ishlash, kimyo, tsement, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Ingolo’itadt (GFR) sh.ga neft quvuri o’tkazilgan. Unt va muzeylari bor. T. — kad. shaxar. 20-a. boshlarigacha turli davlat va knyazliklar tarkibidagi muhim sanoat markazi bo’lgan. 1947-54 y.larda inglizamerika harbiylari nazorati ostidagi “Erkin hudud” qilib ajratildi. 1954 y.gi Italiya bilan Yugoslaviya bitimiga ko’ra, T. va uning g’arbidagi erlar Italiya ga, sharkidagi hudud Yugoslaviya (hoz. Sloveniya) ga o’tdi. Me’moriy yodgorliklardan Rim davriga oid binolar, Sanjusto va Buyuk Mixail cherkovlari, Venesiya qal’asi (14-a.) va b. saklangan.