TRIKOTAJ SANOATI

TRIKOTAJ SANOATI – to’qimachilik sanoati tarmogi. T.e. korxonalarida trikotaj polotnolar, jumladan, texnik polotnolar, paypok, buyumlari, ichki va ustki trikotaj kiyimlar, qo’lqoplar, bosh kiyimlar, sharflar hamda sanoat va tibbiyotda qo’llaniladigan mahsulotlar ishlab chiqariladi. Trikotaj buyumlari ishlab chiqarish.da paxta, jun va kimyoviy tolalardan tayyorlangan iplardan keng ko’lamda foydalaniladi. T.s 18-a. oxiri va 19-a. boshlarida Buyuk Britaniya va Frantsiyada, 19-a. oxirlarida Rossiyada vujudga keldi. Trikotajdan tayyorlangan kiyimlar salmog’i muntazam ortib bormoqda. Bu trikotaj buyumlarining xizmat vazifasining yuqoriligi va iqtisodiy tejamligi bilan bog’liq. Kimyoviy tolalar, ayniqsa, sintetik iplar ishlab chiqarish.ning muntazam o’sib borishi, trikotaj ishlab chiqarish. texnikasinig tez rivojlanishi T.s.ning taraqkiyotiga katta yordam berdi. Trikotaj ishlab chiqarish. texnikasi va texnologiyasi taraqqiyotining asosiy yo’nalishlari polotno va paypoq ishlab chiqarish. uchun avtomatlashtirilgan uzluksiz liniyalar yaratishdan, uskunalarni yanada unumliroklari bilan almashtirish orqali ishlab chiqarish. jarayonlarini jadallashtirishdan, organik eritgichlar qo’llab polotnolarga uzluksiz ishlov berish; turli xildagi buyumlar ishlab chiqarish. bo’yicha korxonalarni ixtisoslashtirib borishdan iboratdir. T. e. O’zbekistonda 30-40-y.larda shakllandi. 1939 y.da O’rta Osiyoda eng yirik hisoblangan Qo’qon paypoqfkasi (1943 y.dan Kt) ishga tushirildi. 1945 y.da Toshkent tikuvchilik fkasi negizida trikotaj fkasi tashkil etildi. Unda 1960 y.da 4572 ming dona ichki va 1597 ming dona ustki trikotaj kiyimlari ishlab chiqariddi. Bundan tashqari, respublikada Toshkent ustki trikotaj kiyimlar fkasi (1960), Samarkand (1950), Buxoro (1961), Andijon (1968) trikotaj fkalari qurilib, mahsulotlar ishlab chiqara boshladi. Tarmoqdagi eng yirik korxona — Toshkentda 1941 y.da ishga tushirilgan “Malika” trikotaj ishlab chiqarish. birlashmasida erkaklar, ayollar va bolalarning 200 xildan ortiq ustki va ichki trikotaj kiyimlari ishlab chikarildi. 80-90-y.lar boshida trikotaj korxonalari yangi uskunalar bilan jihozlandi, yangi korxonalar qurildi. “Malika”, Buxoro, Samarkand, Qo’qon paypoqto’quv kti tubdan rekonstruktsiya qilindi, Oltinko’l trikotaj matolar fkasi, Qorasuv va Jizzax paypoq fkalari ishga tushirildi. Xo’jaobod (1985), Shahrixon (1986), Chortoq (1986), Shahrisabz (1993)da trikotajtikuvchilik fkalari quriddi. Respublika T.s.da 1500 dan ortiq nomda mahsulot ishlab chikariladi. (2004). Asosiy yirik trikotaj korxonalari Andijon (Shahrixon “nafis”, “Oltinko’l”, “Qorasuv paypoq fabrikasi” aktsiyadorlik jamiyatlari), Farg’ona (Qo’qon “Ulug’bek”, “Uchko’prik” tikuvchiliktrikotaj birlashmasi aktsiyadorlik jamiyatlari), Samarqand (“Bofanda” aktsiyadorlik jamiyati), Jizzax (“Zilolateks” aktsiyadorlik jamiyati), Qashqadaryo (Shahrisabz “sado” aktsiyadorlik jamiyati, “Kashteks” qo’shma korxonasi), Xorazm (“Gurlan”) viloyatlari va Toshkent sh.da (“Malika” aktsiyadorlik jamiyati) joylashgan. O’zbekiston Respublikasi T. Sda 2003 y.da 28649 (2000 y.da 38887, 2002 y.da 32858) ming dona trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarildi. Nuriddin Musaev.