Trinidad
Trinidad — Atlantika okeanidagi Orol, Jan. Amerikaning shim.Sharqiy qirgoklari yaqinida. Trinidad va Tobago davlatining asosiy qismi. Mayd. 4,8 ming km2. T. materikdan ajralib chiqqan. Relefi shim.da tog’li (eng baland joyi 940 m), krlgan qismi tektonik. Sharqiy qismida botqokliklar, Jan.da balchiq vulkanlari bor. Iklimi subekvatorial, o’rtacha oylik tralar 25-27°. Yillik yog’in 1200-3800 mm. Daryolari qisqa, sersuv. Doim yashil o’rmonlar bilan qoplangan. Foydali qazilmalardan tabiiy asfalt, neft va gaz konlari topilgan. Shakarqamish, tamaki, sholi ekiladi. Kofe, kakao, tsitrus mevalar plantasiyalari bor. Orolga evropaliklardan birinchi bo’lib, 1498 y. X. Kolumb etib borgan, shundan keyin T.ni mustamlakaga aylantirish jarayoni boshlangan.