Trinitrofenol

Trinitrofenol, pikrin kislota, C6H3O7N3 — sariq rangli kristallar. Molekulyar modda 229,11. Suyuqlanish temperaturasi 122,5°, zichligi 1760 kg/m3. Portlovchi modda, portlash xossasi jihatidan trinitrotoluola yaqin. 20-asrning 1-choragidan boshlab o’qdorilarga ko’plab ishlatilgan. Mexanik ta’sirlarga juda sezgirligi tufayli ishlatilishi cheklangan. Fenoldisulfoklslotani nitrat va sulfat kislota aralashmasi bilan nitrolab olinadi.