Trio
Trio (lot. tria — uch) — 1) uch sozanda yoki xonandadan tashkil topgan ansambl (mas., skripka, violonchel va fortepianodan iborat ansambl yoki “Setora” guruhi); 2) shu ansamblga mo’ljallangan musiqa asari, kamer musiqa janri. Dastlab triosonata shaklida (17-18-a.lar, A. Vivaldi, A. Korelli va b.), keyinchalik Sonata turkumi tarzida (L. Betxoven, F. Shubert, I. Brams, P. Chaykovskiy, D. Shostakovich va b.) rivoj topdi. O’zbekistonda M. Burhonov, Ik. Akbarov, G. Mushel, I. Hamroev, U. Musaev, V. Saparov, A. Ergashev va b. turli T.lar yozishgan; 3) ba’zi cholg’u asarlari (marsh, skerso va b.)ning o’rta qismi.