TRIPANOSOMALAR

TRIPANOSOMALAR (Tripanosoma) — kinetoblastidlar turkumiga mansub parazit xivchinlilar urug’i. Uz. 15-40 mkm. Gavdasi duksimon, yadrosi bitta. Xivchini tanasining keyingi qismida joylashgan bazal tanachadan boshlanib, tanasi bo’ylab o’tgan va yupqa membrana yorda – mida pellikula qobiq bilan tutashgan. 10 dan ortiq turi bor. Bo’yiga bo’linish orqali jinssiz ko’payadi. Umurtqali hayvonlarning qoni, orqa miya suyukligi va b. to’qimalarida parazitlik qiladi. Osmotik oziqlanadi. Ayrim turlari qonga eritrositlarni emiruvchi toksinlar ajratadi. T. hasharotlar (tsese pashshasi, so’nalar), kanalar va b. tashuvchilar orqali yuqadi. Odamda og’ir uyqu va Chagas, uy hayvonlarida “suv og’riq” (ot, tuya, fil, kuchuk) va nagana (qoramollar), kuyiqish (ot) kasalliklarini tarqatadi.