Tripoli, Tarabulus al-G’arb

Tripoli, Tarabulus al-G’arb — Liviya poytaxti. O’rta dengiz sohilida. Aholisi 595 ming kishi (1990-y.lar boshlari). Iqlimi subtropik, quruq. O’rta dengiz atrofiga xos iklim. Yanv. ning o’rtacha trasi 12°, iyulniki 27°. Yillik yogin 370 mm. T. — mamlakatning eng yirik shaxri, savdosanoat va moliya markazi. Yirik dengiz porti. Aeroporta xalqaro ahamiyatga ega. T.da mamlakat sanoat korxonalarining 3/4 qismi joylashgan. To’qimachilik, ko’nteri, neftni kayta ishlash, oziq-ovqat (un tortish, baliq konservalash, tamaki, yog’moy) sanoati korxonalari bor. Hunarmandchilikda gilam, kiyim, poyabzal, badiiy buyumlar tayyorlanadi. Dengizdan baliq ovlanadi. Unt, tabiat tarixi va arxeologiya muzeylari, teatr bor. T.da har yili xalqaro yarmarka o’tkaziladi. Qadimda T. o’rnida finikiyaliklarning koloniyasi EA sh. bo’lgan. Ularning EA, Sabrata va Leptismagna koloniyalari “Tripolis” (Yun. “Uch shahar”) deb atalgan. Keyinchalik EA shu nom bilan atala boshlagan. Mil. AV. 105 y.dan Rim, mil. 5-a.da vandallar, 6-7-a.larda Vizantiya qo’l ostida bo’lgan. 643 y.dan arablarga o’tgan. 1551 — 1911 y.larda Usmonli turk saltanati tarkibida bo’lgan. 1911 y.da Italiya qo’shinlari bosib olgan. 1943 y.da shaharni inglizlar egallagan. 1951 y. dek.da Liviya mustaqillikka erishgach, T. uning poytaxti. Me’moriy yodgorliklardan Mark Avreliy zafar arki (164 y.), qal’a (16-a.), qirol saroyi, masjidlar saqlangan.