Trombon
Trombon (ital. trombone — katta truba) — mispuflama musiqa cholg’u asbobi. Nayi (uz. 300 sm) 2 marta kayrilgan, og’zi konussimon shaklga ega. Chalinadigan uchida ichi chuqur mundshtugi bor. Uzaytiribqisqartiriladigan (nayi suriluvchan, sugtrombon) va ventil mexanizmli turlari mavjud. 16-a.dan orkestr tarkibiga kirgan. Tovushi kuchli. Tenor, bas kabi turlari mavjud. Xromatik tovushqatorga ega. Yakka, ansambl va simfonik, puflama sozlar, estrada orkestrlarida keng qo’llaniladi. O’zbekistonda T. ijrochiligi va ta’lim tizimida A. Morozov, S. Qozoqboev, A. Vergilesovlar tanilgan.