Tropizm

Tropizm (Yun. tropos — burilish, yo’nalish) — fizik, kimyoviy va b. qo’zg’atuvchilarning bir yoklama ta’sirida o’simlik a’zolarining burilib o’sishi. T. qo’zg’atuvchilarning ta’siriga karab fototropizm (bir tomonlama yoritilishi tufayli), geotropizm (erning tortish kuchi ta’sirida), gidrotropizm (tuproq namlanishining yoki havo muhitining har xilligi tufayli) va b. ga bo’linadi. T.ni keltirib chiqargan ta’sirot yo’qotilganda o’simlik ilgarigi holatiga qaytishga harakat qiladi (q. Avtotropizm). O’simlik ta’sirot tomon-ga burilib o’ssa — musbat, uning aksi bo’lsa — manfiy T. deyiladi.