Troya oti

Troya oti — yunon rivoyatlariga ko’ra, yog’ochdan ishlangan ulkan ot; uning ichiga yashirinib olgan yunonlarning sara askarlari Troyaga kirganlar. Troyaliklar yunonlarning bu hiylasidan g’aflatda qolishgan va shahar devori oddida turgan otni shaharga olib kirishgan. Tunda yunonlar otning ichidan chiqib qal’a darvozasini ochganlar va qolgan qo’shinni shaharga kirishiga imkon berganlar. “Troya oti” iborasi majoziy ma’no (dushmanni halok etish maqsadida unga tuhfa berish) kasb etgan.