Troyaliklar
Troyaliklar (astronomiyada) — Quyosh atrofida aylanuvchi asteroidlarning fizik bog’langan guruhi. T. Yupiterga nisbatan har vaqt Q60° ga o’rtacha ekliptik uzunlik bo’ylab harakatlanadi. Quyosh, Yupiter va T.lar fazoda deyarli teng tomonli uchburchak tashkil etadi. T. ni o’rganish katta qiziqish uyg’otadi, chunki ularning harakati uch jism masalasita taxm. Moe keladi. T.da o’rta hisobda 15 ta asteroid kuzatilgan. T. orbitalari ekspentrisitetining o’rtacha kiymati 0,096 ga, ekliptika tekisligiga kiyaligi 16,4° ga teng. T. ning Quyosh atrofida aylanish davri, shuningdek, Quyoshdan o’rtacha uzoqligi Yupiterning aylanish davri va Quyoshdan o’rtacha uzoqligiga deyarli teng. Bunday mayda sayyoralarni Troya urushining qahramonlari nomi bilan atashga kelishilgan. “T.”atamasi shundan kelib chiqqan.