Truba

Truba — diametri uzunligiga nisbatan ancha kichik bo’lgan ichi bo’sh buyum; bino, inshoot va mashinalarning naysimon shaklli kismi. Asosan, suyuklik, bug’, gaz, ayrim hollarda sochiluvchan qattiq jismlarni bir joydan ikkinchi joyga eltish uchun ishlatiladi. T. mashinasozlik, asbobsozlik, qurilish, kon sanoati, gidrotexnika inshootlarida keng kullanadi. T. kora va rangli metall, beton va temirbeton, sopol, asbosement, yog’och, plastmassa, shisha, chinni (farfor) va b. materiallardan tayyorlanadi. Po’lat va cho’yan T.lar keng tarqalgan. Cho’yan T. quyish yo’li bilan, po’lat T. esa prokatlab yoki payvandlab tayyorlanadi. T.larning kesimi aylana, to’rtburchak, oval va b. shakllarda bo’ladi. Aylana (doyra) kesimli T. lar ko’proq ishlatiladi. T.lar choksiz va chokli kilib ishlab chiqarilishi mum – kin. T. diametri: d — po’lat T.lar (tashqi diametri) — kichik (114 mm gacha), o’rta (114-480 mm) va katta (480-2500 mm va bundan katta); b— cho’yan tlar (ichki diametri) — 65 — 1000 mm va bundan katta. Vodoprovod T.si po’lat, cho’yan, temirbeton, asbosement va plastmassadan turli diametrlarda ishlab chikariladi. Kdysi materialdan tayyorlangan T.ni tanlash vodoprovodning kanday sharoitda ishlashiga, ichki bosimga, tashki yuklar va b. omillarga bog’liq. Po’lat va cho’yan T. dan shoxobchalar ajralib chiqishi yoki yo’nalishini o’zgartirish uchun troyniklar (uch tarmoqlar), krestlar (xochlar), otvod va shakldor qismlardan foydalaniladi. Metall T. zanglamasligi uchun sirtiga kora moy (gudron) surkaladi. Bug’, gaz va xavo o’tkazuvchi T., asosan, po’latdan tayyorlanadi. Kanalizasiya T.si cho’yan, sopol, asbosement, beton, temirbeton, g’isht va yog’ochdan ishlanadi. Tutun T.si (murilar) g’isht, temirbeton va metalldan ishlanadi. Plastmassa T.lar, asosan, suv bilan ta’minlash va kanalizasiya tizimlarida qo’llanadi. Asbosement va temirbeton T.lar sug’orish va quritish tizimlarida ham ishlatiladi. Shisha va chinni T. (nay)lar kimyo, oziq-ovqat, farmasevtika sanoatlarida qo’llanadi. Kumir, metallurgiya va energetika sanoatlari tarmoqlarida toshdan quyib tayyorlanadigan T.lar ishlatiladi. Burg’ilash ishlarida po’lat T.lar qo’llanadi.