TSELLYULOZA EFIRLARI

TSELLYULOZA EFIRLARI – tsellyuloza gidroksil guruhini alkillash yoki asillash natijasida olingan mahsulotlar, umumiy formulasi [S6N7O2 OR3] (oddiy Tsellyuloza efirlari) va [S6N7O2 (OCOR)3]n (murakkab Tsellyuloza efirlari). Oddiy Tsellyuloza efirlarini sintez qilishning asosiy usuli ishqorli tsellyulozaga galogenalkillar yoki alkil sulfatlar ta’sir ettirishdan iborat. Bu jarayon yuqori (80-120°) temperaturada olib boriladi. Oddiy Tsellyuloza efirlari 30-50% li NaOH muhitida olinadi. Eterifikasiya 5-10 soat davom etadi. Murakkab Tsellyuloza efirlarini sintezlashda kislota yoki ularning angidrid va xlorangidridlari eterifikasiyalovchi reagent vazifasini o’taydi. Murakkab Tsellyuloza efirlarining eng ko’p ishlatiladigani ularning mineral kislotalar, masalan, nitrat kislota bilan birikmasi nitrosellyuloza. Tsellyuloza efirlari qog’oz, to’qimachilik, lok-bo’yoq sanoati va boshqa sohalarda ishlatiladi.